OILAVIY MUNOSABATLAR VA TALABALARDA LIDERLIK SIFATLARI NAMOYON BO‘LISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Maqolada oilaviy munosabatlar bilan talabalarda liderlik sifatlarining namoyon bo‘lishi o‘rtasidagi bog‘liqlikning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Oiladagi emotsional iliqlik va qo‘llab-quvvatlash, ortiqcha nazorat, mustaqillikni rag‘batlantirish, ochiq muloqot va mas’uliyat kabi omillarning liderlikka oid o‘z samaradorligiga ishonch, tashabbuskorlik, shaxslararo o‘zaro ta’sir va guruhda lider sifatida namoyon bo‘lish bilan aloqasi qiyosiy jihatdan o‘rganilgan. Tahlil natijasida o‘zini baholash va liderlikka oid o‘z samaradorligiga ishonch, mustaqillik va shaxsiy mas’uliyat, shuningdek, muloqot va shaxslararo o‘zaro ta’sir oilaviy munosabatlar bilan liderlik sifatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntiruvchi asosiy psixologik bo‘g‘inlar sifatida aniqlangan.
Kalit so‘zlar: oilaviy munosabatlar, talaba, liderlik, liderlik sifatlari, oilaviy muloqot, ota-onalik munosabatlari, o‘zini baholash, o‘z samaradorligiga ishonch, mustaqillik, mas’uliyat, shaxslararo o‘zaro ta’sir