OILADA OTA-ONA MUNOSABATLARINING FARZANDLAR O‘RTASIDA HASAD HISSINI SHAKLLANTIRISHGA TA’SIRI: PSIXOLOGIK TUSHUNCHALAR TAHLILI
Annotatsiya
Mazkur maqolada oilaviy munosabatlar tizimida ota-onaning farzandlarga bo‘lgan munosabati, oiladagi psixologik muhit va tarbiyaviy yondashuvlarning farzandlar o‘rtasida hasad hissining shakllanishiga ta’siri psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Hasad shaxslararo munosabatlarda boshqa insonning yutug‘i, mavqei, e’tibori, imkoniyati yoki ijtimoiy ustunligini o‘zining yetishmovchiligi sifatida qabul qilish natijasida yuzaga keladigan murakkab emotsional holat sifatida izohlanadi. Tadqiqotda ota-onaning farzandlarni doimiy qiyoslashi, selektiv munosabat va favoritizm, e’tibor va moddiy resurslarning notekis taqsimlanishi, oilaviy nizolar, ota-onalar o‘rtasidagi emotsional koalitsiyalar hamda farzandlar o‘rtasidagi raqobatning hasad hissi shakllanishidagi psixologik mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, aka-uka va opa-singillar munosabatlarining dinamikasi, tug‘ilish ketma-ketligi, ota-onaning tarbiyaviy pozitsiyasi hamda bolaning o‘zini oiladagi boshqa farzandlar bilan qiyoslash jarayonlari tahlil qilinadi. Maqolada hasadning oldini olishga qaratilgan individual yondashuv, sog‘lom oilaviy kommunikatsiya, qiyoslashdan voz kechish, emotsional qo‘llab-quvvatlash, adolatli tarbiyaviy talablar va psixoprofilaktik choralar yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: oila, ota-ona munosabatlari, farzandlararo munosabatlar, hasad, havas, aka-uka va opa-singillar, sibling munosabatlari, favoritizm, oilaviy nizolar, psixologik muhit, emotsional muhit, raqobat, qiyoslash, psixoprofilaktika, psixokorreksiya