OILADA HISSIY YAQINLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI
Annotatsiya
Maqolada oilada hissiy yaqinlikning shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy psixologik omillar nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Hissiy yaqinlik oila a’zolarining o‘zaro ishonchi, kechinmalarini ochiq ifodalashi, bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi va qiyin vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq munosabatlar tizimi
sifatida talqin etiladi. Tadqiqotning maqsadi oilaviy yaqinlikni ta’minlovchi omil-larni ilmiy manbalar asosida tizimlashtirish hamda ularning o‘zaro aloqasini ochib berishdan iborat. Ishda nazariy tahlil, qiyosiy yondashuv, ilmiy manbalarni umumlashtirish va
tizimli talqin usullaridan foydalanildi. Tahlil natijasida ishonch, xavfsiz bog‘lanish, samimiy muloqot, empatiya, o‘zaro hurmat, hissiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy birdamlik va nizolarni konstruktiv hal etish o‘zaro bog‘liq psixologik omillar ekan-ligi aniqlandi. Oilaviy yaqinlik haddan tashqari bir-biriga qaramlik bilan teng emasligi, balki shaxsiy chegaralarni hurmat qilgan holda yaqinlik va mustaqillik muvozanatini saqlashni talab qilishi asoslab berildi. Shuningdek, oilaviy munosa-batlarni mustahkamlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so‘zlar: oila, hissiy yaqinlik, ishonch, bog‘lanish, empatiya, muloqot, hissiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy birdamlik, shaxsiy chegaralar, nizolarni hal etish