O‘ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR PROFESSIONAL KARYERASINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK YONDASHUVLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonda xotin-qizlarning professional karyerasini shakllantirish va rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Xotin-qizlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, sifatli ta’lim olishi, mehnat bozorida munosib o‘rin egallashi hamda xizmat pog‘onalarida o‘sishini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, professional karyera rivojlanishiga ta’sir etuvchi tashkiliy, shaxsiy va ijtimoiy omillar, gender tenglik, kasbiy motivatsiya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va kasbiy o‘zini o‘zi anglash masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bir qatorda, ularning ta’limdan keyingi kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va lavozim jihatidan o‘sishi uchun zarur ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ilgari surilgan.
Kalit so‘zlar: xotin-qizlar, professional karyera, kasbiy rivojlanish, ijtimoiy-psixologik yon-dashuv, gender tenglik, kasbiy motivatsiya, mehnat faoliyati, kasbiy o‘zini o‘zi an-glash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, rahbarlik salohiyati