O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIK: TA’LIM PARITETIDAN IQTISODIY VA BOSHQARUV TENGLIGIGA («TA’LIM PARADOKSI»NING IJTIMOIY-FALSAFIY VA PEDAGOGIK TAHLILI)
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash siyosatining institutsional natijalari «ta’lim paradoksi» konsepsiyasi asosida ijtimoiy-falsafiy va pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Ushbu paradoks ta’lim so-hasida xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi gender pariteti deyarli to‘liq darajaga (0,997) yetgan bo‘lsa-da, iqtisodiy ishtirok (0,562) va siyosiy vakolatlar (0,213) yo‘nalishlarida sezilarli tafovut saqlanib qolayotganini ifodalaydi. Tadqiqotda normativ-huquqiy hujjatlarning germenevtik tahlili, Jahon iqtisodiy forumining Global gender tafovuti hisobotidagi 2025–2026-yillar ma’lumotlarini qiyosiy-dinamik o‘rganish hamda muallif tomonidan taklif etilgan «aylanish koeffitsienti» indikatorini hisoblash usullaridan foydalanilgan. Tahlil natijalari ta’lim sohasida shakllangan inson kapitalining iqtisodiy faoliyatda taxminan 56 foiz, siyosiy-boshqaruv sohasida esa 21 foiz darajasida nisbiy ifodalanayotganini ko‘rsatdi. Par-lamentda xotin-qizlar ulushining 39,19 foizni, vazirlik lavozimlarida esa 5 foizni tashkil etishi boshqaruv tizimida vertikal gender segregatsiyasi va «shisha shift» hodisasi mavjudligini namoyon etadi.
Kalit so‘zlar: gender tenglik, ta’lim pariteti, ta’lim paradoksi, inson kapitali, iqtisodiy ishtirok, siyosiy vakolatlar, vertikal gender segregatsiyasi, shisha shift, imkoniyatlar yon-dashuvi, gender-sezgir pedagogika, aylanish koeffitsienti