O‘ZBEKISTON TARIXIDAGI BUYUK SIYMOLAR TIMSOLIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiya-lashda O‘zbekiston tarixidagi buyuk siymolar hayoti va ma’naviy merosidan foyda-lanishning pedagogik imkoniyatlari hamda metodik asoslari yoritilgan. Xususan, Amir Temur, Alisher Navoiy, Jaloliddin Manguberdi va Zahiriddin Muhammad Bo-bur kabi tarixiy shaxslarning hayoti, faoliyati va ibratli fazilatlarini ta’lim ja-rayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarda milliy g‘urur, tarixiy xotira, Va-tanga muhabbat va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini shakllantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, tarixiy materiallardan foydalanishda interaktiv ta’lim metodlari, rolli o‘yinlar, multimedia vositalari, ijodiy topshiriqlar va fanlararo inte-gratsiyaning ahamiyati ochib berilgan. Tarixiy merosni o‘quvchilarning yosh va in-dividual xususiyatlariga mos ravishda o‘rgatish, tarixiy voqealarni hayotiy vaziyatlar bilan bog‘lash hamda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltirishning pedagogik ahamiyati asoslangan. Maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida vatanparvarlik tarbiyasini samarali tashkil etishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: vatanparvarlik tarbiyasi, boshlang‘ich ta’lim, buyuk tarixiy siymolar, milliy qadri-yatlar, tarixiy meros, milliy g‘urur, tarixiy xotira, ma’naviy-axloqiy tarbiya, fan-lararo integratsiya, interaktiv metodlar