O‘ZBEKISTON MEHNAT MIGRANTLARINING XORIJDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MOSLASHUVI VA PSIXOLOGIK FAROVONLIGINI TA’MINLASHNING NAZARIY-METODOLOGIK HAMDA DAVLAT-SIYOSIY ASOSLARI

  • Saidov Baxtiyor Odilovich — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(2)-soni
Sahifalar
170-181
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24104863

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston mehnat migrantlarining xorijiy mamlakatlardagi ijtimoiy-psixologik moslashuvi, psixologik farovonligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalalari nazariy-metodologik hamda davlat-siyosiy jihatdan tahlil qilingan. Mehnat migratsiyasining shaxs psixologiyasi, ijtimoiy identifikatsiyasi, oilaviy munosabatlari va madaniyatlararo muloqot jarayonlariga ta’siri yoritilgan. Xorijiy muhitda yuzaga keladigan migratsion stress, ijtimoiy yakkalanish, kommunikativ to‘siqlar, madaniy tafovutlar, diskriminatsiya va oiladan uzoqda yashash bilan bog‘liq psixologik muammolarning mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, mehnat migrantlarining huquqiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishda davlat organlari, diplomatik va konsullik muassasalari, Migratsiya agentligi hamda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar: mehnat migratsiyasi, mehnat migranti, ijtimoiy-psixologik moslashuv, psixologik farovonlik, migratsion stress, madaniyatlararo kommunikatsiya, ijtimoiy identifikatsiya, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy himoya, davlat migratsiya siyosati

PDF yuklab olish