O‘ZBEKISTON MAKTABLARIDAGI TADBIRKORLIK TA’LIMINI BIZNESPEDAGOGIK MODERNIZATSIYALASH IMKONIYATLARI

  • Radjabov Sardor Baxtiyorovich — Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti mustaqil izlanuvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(2)-soni
Sahifalar
138-149
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23762645

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tadbirkorlik ta’limini biznespedagogik yondashuv asosida modernizatsiyalashning nazariy va amaliy im-koniyatlari tahlil qilingan. Biznespedagogikaning mazmun-mohiyati, tadbirkorlik ta’limidagi o‘rni hamda o‘quvchilarda tadbirkorlik kompetensiyasini shakllantirishning asosiy komponentlari yoritilgan. Tadqiqotda ta’lim mazmunini yangilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, loyihaviy va keysga asoslangan ta’lim texnologiyalarini joriy etish, maktab–biznes hamkorligini rivojlantirish, raqamli resurslardan foydalanish va o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tadbirkorlik ta’limining sinflar kesimidagi bosqichli modeli, uni amalga oshirishning pedagogik shart-sharoitlari va o‘quvchilar kompetensiyasini baholash mezonlari taklif etilgan.

Kalit so‘zlar: tadbirkorlik ta’limi, biznespedagogika, modernizatsiya, tadbirkorlik kompetensiya-si, umumiy o‘rta ta’lim, loyihaviy ta’lim, moliyaviy savodxonlik, maktab–biznes hamkorligi, fanlararo integratsiya

PDF yuklab olish