O‘ZBEK VA XORIJIY SPORTCHILAR OILALARIDA PSIXOLOGIK IQLIM VA QADRIYATLAR TIZIMINING QIYOSIY ETNOPSIXOLOGIK TAHLILI

  • Usmonova Gulguna Husen qizi — Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish in-stituti tayanch doktoranti
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10-soni
Sahifalar
336-347
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23310733

Annotatsiya

Maqolada o‘zbek va xorijiy sportchilar oilalarining psixologik iqlimi, oilaviy qadriyatlari hamda ijtimoiy-psixologik xususiyatlari qiyosiy-etnopsixologik nuqta-yi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘zbek oilalariga xos jamoaviy mas’uliyat, qarindoshlik munosabatlari va an’anaviy qadriyatlar bilan G‘arb mamlakatlaridagi individual avtonomiya, shaxsiy chegaralar va kasbiy mustaqillikka yo‘naltirilgan yondashuvlar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sport faoliyati bilan oilaviy majburiyatlarning to‘qnashuvi, ota-ona va murabbiy rollarin-ing birlashishi, turmush o‘rtog‘ining ruhiy zo‘riqishi, moliyaviy mas’uliyat, omma-viy axborot vositalari bosimi va sport faoliyatini yakunlash bilan bog‘liq psix-ologik muammolar yoritiladi. Oilaviy nizolarni konstruktiv hal etish, emotsional qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, rollar chegaralarini belgilash va madaniy xususiyatlarni hisobga oluvchi psixologik yordam usullari taklif etiladi. Maqola sport psixologiyasi, oila psixologiyasi va etnopsixologiya yo‘nalishidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar: sport psixologiyasi, sportchilar oilasi, etnopsixologiya, oilaviy qadriyatlar, psix-ologik iqlim, oilaviy nizolar, rol ziddiyati, coping strategiyalari, kollektivizm, indi-vidualizm, emotsional qo‘llab-quvvatlash, sportdan keyingi adaptatsiya

PDF yuklab olish