O‘ZBEK MEHNAT MIGRANTLARI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOLARI SHAKLLANISHINING SHAXSIY, OILAVIY VA IJTIMOIY-MUHIT OMILLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek mehnat migrantlarida yuzaga keladigan ijtimoiy-psixologik muammolarning shakllanishiga ta’sir etuvchi shaxsiy, oilaviy va ijtimoiy-muhit omillari kompleks tarzda tahlil qilingan. Mehnat migratsiyasi ja-rayonida shaxsning psixologik holati, emotsional barqarorligi, moslashuv imkoni-yatlari, o‘zini o‘zi anglash xususiyatlari hamda ijtimoiy munosabatlar tizimida yuz beradigan o‘zgarishlarning o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, oiladan uzoqda yashash, yaqinlar bilan emotsional aloqalarning cheklanishi, oilaviy rol-larning o‘zgarishi, farzandlar tarbiyasida masofaviy ishtirokning kuchayishi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yetishmasligi migrantlarning psixologik fa-rovonligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar: mehnat migratsiyasi, o‘zbek migrantlari, ijtimoiy-psixologik muammolar, psix-ologik moslashuv, shaxsiy omillar, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy muhit, emotsion-al barqarorlik, migratsion stress, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, psixologik farovonlik