O‘ZBEK BADIIY JANRLARINING GENEZISI VA TADRIJIY RIVOJLANISHI: SPEKTRAL-VARIATIV KOMPONENTLARNING SHAKLLANISHI
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek badiiy janrlarining shakllanish genezisi, tarixiy tara-qqiyoti va tarkibiy rivojlanishi spektral-variativ yondashuv asosida tadqiq etilgan. Badiiy janrlarning janriy-struktur, lingvopoetik, madaniy-semiotik, kommunikativ-pragmatik, psixologik va multimodal xususiyatlari o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilin-gan. Xususan, xalq og‘zaki ijodi namunalarining yozma adabiyot bilan munosabati, janrlarning tarixiy jarayonda o‘zgarishi, an’anaviy shakllarning yangi badiiy ko‘rinishlarga transformatsiyalanishi masalalariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, badiiy janrlarni o‘qitishda fanlararo integratsiya, multimodal savodxonlik va kom-petensiyaviy yondashuvning didaktik imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqot na-tijasida o‘zbek badiiy janrlarini o‘rganishning komponentli tahlil modeli, bosqichli metodik mexanizmi hamda o‘quvchilarning adabiy-nazariy, lingvokommunikativ, madaniy va ijodiy-refleksiv kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: o‘zbek badiiy janrlari, janr genezisi, tadrijiy rivojlanish, spektral-variativ kompo-nent, janr transformatsiyasi, og‘zaki ijod, variantlilik, lingvopoetika, madaniy-semiotik tahlil, multimodal savodxonlik, fanlararo integratsiya, adabiy ta’lim