O‘Z-O‘ZIGA MUNOSABAT VA TANQID QILINISHDAN QO‘RQUV XUSUSIYATLARINING OILAVIY HOLATGA KO‘RA NAMOYON BO‘LISHI
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘z-o‘ziga munosabat va tanqid qilinishdan qo‘rquvning oilaviy holatga ko‘ra namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda 1052 nafar respondent (167 nafar ajrashgan, 452 nafar turmush qurgan va 433 nafar turmush qurmagan) V.V. Stolin va S.R. Panteleyevning “O‘z-o‘ziga munosabat” metodikasi hamda M.R. Learining “Tanqid qilinishdan qo‘rquv” metodikasi bo‘yicha so‘rovdan o‘tkazildi. Kruskal-Uollis mezoni asosidagi tahlilga ko‘ra, ajrashgan-larda o‘ziga sadoqat, o‘z-o‘ziga munosabat, ichki ziddiyat, o‘zini qadrlash va tanqid qilinishdan qo‘rquv ko‘rsatkichlari eng yuqori, samimiylik va o‘zini idora qilish esa eng past ekanligi aniqlandi (p
Kalit so‘zlar: o‘z-o‘ziga munosabat, tanqid qilinishdan qo‘rquv, oilaviy holat, ajrashish, nikoh, ichki ziddiyat, o‘zini qadrlash