O‘SMIRLAR AXBOROT XAVFSIZLIGIDA KIBERHUJUM VA KIBERBULLING FENOMENLARINI PSIXOLOGIK TAHLIL QILISH
Annotatsiya
Maqolada o‘smirlarning raqamli muhitdagi xavfsizligiga ta’sir etuvchi kiberhujum va kiberbulling muammolari tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi raqamli texnologiyalarning keng tarqalishi natijasida o‘smirlarning turli kiberxavflarga duch kelish ehtimolining ortib borishi bilan izohlanadi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, ilmiy manbalarni o‘rganish va nazariy umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijalar kiberhujumlar asosan axborot xavfsizligiga, kiberbulling esa o‘smirlarning emotsional holati va ijtimoiy moslashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Shuningdek, psixologik immunitetni shakllantirishning asosiy omillari sifatida tanqidiy fikrlash, emotsional intellekt, kiber-gigiyena va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati asoslab berildi. Muallif tomonidan kiberhujum va kiberbullingga qarshi psixologik himoya strategiyalari tizimlashtirilib, o‘smirlarning raqamli xavfsizligini ta’minlashga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so‘zlar: kiberhujum, kiberbulling, psixologik immunitet, emotsional intellekt, kiber-gigiyena, raqamli xavfsizlik, o‘smirlar, tanqidiy fikrlash