O‘SMIR SPORTCHILARDA MAS’ULIYAT HISSINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK SHARTLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘smir sportchilarda mas’uliyat hissini rivojlantirishning psix-ologik-pedagogik shartlari nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Unda mas’uliyat hissining psixologik mazmuni, sport faoliyati va intizomining mazkur si-fatni shakllantirishdagi o‘rni, murabbiy va sportchi o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, o‘zini o‘zi nazorat qilish, mustaqil qaror qabul qilish va maqsadga in-tilishning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, qat’iylik, g‘ayratlilik, e’tiborlilik va maqsadga intiluvchanlik ko‘rsatkichlari uchta sport ta’limi tashkiloti misolida Kruskal–Wallis mezoni yordamida qiyosiy tahlil qilingan. Natijalar mas’uliyatlilik, qat’iylik va maqsadga intiluvchanlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha guruhlar o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli farqlar mavjudligini ko‘rsatadi. Olingan natijalar o‘smir sportchilarda mas’uliyat hissini rivojlantirishda izchil pedagogik talablar, mustaqil faoliyat, o‘zini o‘zi nazorat qi-lish va konstruktiv qayta aloqaning ahamiyatini asoslaydi.
Kalit so‘zlar: o‘smir sportchilar, mas’uliyat hissi, sport faoliyati, psixologik-pedagogik shartlar, sport intizomi, o‘zini o‘zi nazorat qilish, maqsadga intiluvchanlik, murabbiy-sportchi munosabatlari, shaxs rivojlanishi