O‘QUVCHILARNING SARALAB VA TANQIDIY O‘QIB TUSHUNISH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRUVCHI DARSLIK MATNLARI TIZIMINI LOYIHALASH (IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR MISOLIDA)

  • Umarov Bahrom Norboyevich — Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(2)-soni
Sahifalar
71-78
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23762745

Annotatsiya

Maqolada ijtimoiy-gumanitar fanlar darsliklari uchun matnlar tizimini loyihalash-ning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Bu tizim o‘quvchiga axborotni maqsadga muvofiq saralash, manbani tekshirish va asoslangan xulosa chiqarishda yordam berishga mo‘ljallangan. O‘qib tushunishning kognitiv modellari, ko‘p man-bali o‘qishga oid tadqiqotlar va PISA 2022 dasturidagi o‘qish savodxonligiga yon-dashuv qiyosiy o‘rganiladi. Matnlar majmualari asosiy vazifasiga ko‘ra besh turga ajratiladi. Manba haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish shakli, uch bosqichli top-shiriqlar ketma-ketligi va to‘rt mezonli baholash jadvali taklif etiladi. 6-sinfning “Ona tili”, “Tarix” va “Tarbiya” fanlari uchun tuzilgan misollar yechimlarni qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: o‘qib tushunish kompetentligi, saralab o‘qish, tanqidiy o‘qib tushunish, darslik matni, manbaning ishonchliligi, ko‘p manbali matn, kognitiv yuklama, ijtimoiy-gumanitar ta’lim

PDF yuklab olish