O‘QUVCHILARNING KASBIY MOYILLIKLARINI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘quvchilarning kasbiy moyilliklarini aniqlash va rivojlantirishning psixologik xususiyatlari, kasbiy shakllanish jarayoniga ta’sir etuvchi individual va ijtimoiy-psixologik omillar hamda kasbiy yo‘naltirishning nazariy asoslari tahlil qilingan. O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari, qobiliyatlari, ehtiyojlari, motivatsiyasi va individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganishning kasbiy o‘zini o‘zi anglashdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot doirasida L. Yo‘yashi metodikasi va G. Rezyaapkin modifikatsiyasi asosidagi “Kasbiy moyilliklar so‘rovnomasi” yordamida 498 nafar o‘quvchining kasbiy moyilliklari o‘rganilgan. Olingan natijalar insonlar bilan ishlash, tadqiqotchilik, amaliy, estetik, ekstremal hamda rejaviy-iqtisodiy faoliyat yo‘nalishlariga nisbatan moyilliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bergan. Tadqiqot natijalari asosida o‘quvchilarni kasbiy yo‘naltirishda psixologik diagnostika, individual yondashuv va pedagogik hamkorlikning ahamiyati asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar: kasbiy moyillik, kasbiy yo‘naltirish, kasbiy o‘zini o‘zi anglash, kasbiy shakllanish, kasbiy qiziqish, qobiliyat, motivatsiya, individual-psixologik xususiyatlar, psixologik diagnostika, o‘quvchi shaxsi