O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY VA TABIIY FANLAR BO‘YICHA DARSLIK MATNLARINI O‘QIB TUSHUNISHI: FANGA XOS XUSUSIYATLAR VA PЕDAGOGIK YONDASHUVLAR
Annotatsiya
Muallif maqolada ijtimoiy va tabiiy fanlar darsliklaridagi matnlarni tushunishda uchraydigan farqlarni tahlil qildi. Tadqiqotning maqsadi matn qiyinligi, fanga xos bayon va dalillash tartibi hamda o‘qituvchi yordami o‘rtasidagi bog‘lanishni ochib berishdan iborat. Tahlil ijtimoiy fanlar matnlarida muallif nuqtai nazari, yashirin ma’no va matndan olingan dalilni tushuntirish muhimligini ko‘rsatdi. Tabiiy fanlar matnlarida esa maxsus atama, jarayon, sabab-oqibat hamda jadval va diagrammadagi axborotni asosiy bayon bilan bog‘lash ustun turadi. O‘qituvchi umumiy o‘qish amallarini har bir fanga mos o‘qish usuli va bosqichli yordam bilan uyg‘unlashtirishi kerak.
Kalit so‘zlar: o‘qib tushunish, fanga xos savodxonlik, darslik matni, matn qiyinligi, fanga xos bayon va dalillash, bosqichli pedagogik yordam, o‘qish usuli, mezonga asoslangan baholash