O‘QUVCHILARDA ONA TILI DARSLARIDAN FOYDALANISH ORQALI VATANPARVARLIK TUYG‘USINI TARBIYALASH
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5–11-sinf o‘quvchilarida ona tili darslari orqali vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Ona tili ta’limining milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani asrash, milliy qadriyatlarga hurmat va Va-tanga daxldorlik hissini shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, o‘quv materiallariga vatanparvarlik mazmunini bosqichma-bosqich singdirish, fan-lararo integratsiyani ta’minlash, leksik-semantik va etimologik tahlil, ijodiy top-shiriqlar hamda amaliy mashg‘ulotlardan foydalanishning metodik imkoniyatlari yoritilgan. O‘quvchilarda vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirishga xizmat qilu-vchi pedagogik tamoyillar, baholash mezonlari va ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat yo‘nalishlari taklif etilgan.
Kalit so‘zlar: o‘quvchi-yoshlar, vatanparvarlik tarbiyasi, ona tili ta’limi, milliy qadriyatlar, milliy o‘zlik, tarixiy xotira, fuqarolik mas’uliyati, dunyoqarash, fanlararo integratsiya, pedagogik texnologiya, ma’naviy tarbiya, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” dostonlari