O‘QUVCHILARDA MILLIY TAFAKKUR VA QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISHDA MAKTAB, OILA VA MAHALLA HAMKORLIGI: NAZARIY ASOSLARI, MAZMUNI VA SAMARADORLIGI
Annotatsiya
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida milliy tafakkur va qadriyatlarni rivojlantirishda maktab, oila va mahalla hamkorligining nazariy asoslari, mazmuni va samaradorligi tahlil qilingan. U.Bronfenbrennerning ekologik tizimlar nazariyasi, J.Epshteynning “bir-biriga tutashgan ta’sir doiralari” nazariyasi hamda milliy pedagogik an’analar asosida hamkorlikning mohiyati aniqlashtirilgan. O‘zbek tarbiya tizimida mahalla hamkorlikning teng huquqli uchinchi bo‘g‘ini sifatida o‘ziga xos o‘rin tutishi, xalq og‘zaki ijodi esa uch muhit uchun umumiy tarbiyaviy til vazifasini bajarishi asoslangan.
Kalit so‘zlar: milliy tafakkur, milliy qadriyatlar, maktab, oila va mahalla hamkorligi, xalq og‘zaki ijodi, “Ota-onalar maktabi”, oilaviy topshiriqlar, ekologik tizimlar nazariyasi, tarbiyaviy hamkorlik, pedagogik shartlar