O‘QUVCHI YOSHLAR O‘RTASIDA OMMAVIY SPORTNI RIVOJLANTIRISHDA KARATE SPORT TURINING O‘RNI

  • Mamadaliyeva Nodira Bahodir qizi — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mustaqil izlanuvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(1)-soni
Sahifalar
292-300
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22764092

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘quvchi yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishda karate sport turining o‘rni va pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda 12–14 yoshli o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi, karate mashg‘ulotlarining jismoniy sifatlarni rivojlantirishdagi imkoniyatlari, mashg‘ulot jarayonini yosh va individual xususiyatlarga muvofiq tashkil etish hamda o‘quvchilarni karate sportiga keng jalb etish masalalariga e’tibor qaratilgan. Karate mashg‘ulotlarining chaqqonlik, tezkorlik, kuch, egiluvchanlik, chidamlilik va harakatlarni muvofiqlashtirish kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, mashg‘ulot yuklamalarini to‘g‘ri taqsimlash, pedagogik nazoratni amalga oshirish, boshlang‘ich texnik ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantirish hamda o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishning pedagogik shartlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari karate mashg‘ulotlarini umumta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiya darslari va sport to‘garaklariga tizimli ravishda joriy etish o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ommaviy sportni rivojlantirishga xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: ommaviy sport, karate, o‘quvchi yoshlar, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlar, chaqqonlik, tezkorlik, kuch, egiluvchanlik, chidamlilik, koordinatsiya, mashg‘ulot jarayoni, sport to‘garagi

PDF yuklab olish