O‘QITUVCHILARNING EKOLOGIK SAVODXONLIGINI BAHOLASHNING DIAGNOSTIK MEZONLARI VA INDIKATORLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning ekologik savodx-onligini baholashning ilmiy-metodik asoslari, diagnostik mezonlari va indikatorlari tadqiq etilgan. Ekologik muammolarning globallashuvi, iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning qisqarishi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni boshqarish va ekologik xavfsizlik masalalarining ta’lim mazmuniga tobora chuqur-roq kirib borishi o‘qituvchilarning ekologik savodxonligini kasbiy kompetensi-yaning muhim tarkibiy qismi sifatida qarashni taqozo etmoqda. Maqolada ekologik savodxonlik faqat ekologik bilimlar majmui emas, balki ekologik qadriyatlar, munosabatlar, amaliy ko‘nikmalar, mas’uliyatli xulq-atvor, muammolarni tahlil qi-lish va ekologik ta’limni tashkil etish kompetensiyalarining integrativ birligi sifati-da talqin etilgan. O‘qituvchilarning ekologik savodxonligini baholash uchun kogni-tiv, aksiologik-motivatsion, amaliy-faoliyatli, pedagogik-metodik, ekologik xulq-atvor hamda refleksiv-diagnostik mezonlar taklif etilgan. Shuningdek, ekologik sa-vodxonlikni past, o‘rta va yuqori darajalarda aniqlash, diagnostika natijalarini in-dividual kasbiy rivojlanish jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chi-qilgan.
Kalit so‘zlar: ekologik savodxonlik, ekologik kompetensiya, o‘qituvchi, diagnostika, mezon, in-dikator, ekologik bilim, ekologik munosabat, ekologik xulq-atvor, ekologik ta’lim, barqaror rivojlanish, kompetensiyaviy yondashuv