O‘QITUVCHILAR MAHORATINI OSHIRISH TIZIMINING DAVLAT VA JAMIYAT OLDIDAGI AHAMIYATI: AKADEMIK YONDASHUVLAR

  • Qorshiyev Bekzod Abduraimovich — Surxondaryo viloyati mahorat markazi Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(2)-soni
Sahifalar
371-382
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24187919

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirish tizimining davlat va ja-miyat taraqqiyotidagi strategik ahamiyati ilmiy-nazariy hamda akademik yon-dashuvlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda inson kapitali nazariyasi, andragogi-ka, neyropedagogika, uzluksiz kasbiy rivojlanish konsepsiyasi va xalqaro ta’lim tajribalarining pedagoglar malakasini oshirish jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida pedagog kadrlar malakasini oshirishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, milliy ilmiy manbalar va xalqaro tadqiqotlar qiyo-siy tahlil qilingan. O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi ta’lim sifati, inson kapitali, iqtisodiy raqobatbardoshlik va jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy barqarorligi bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan. Malaka oshirish samaradorligini baholashda tin-glovchilarning qoniqish darajasi, bilim va ko‘nikmalarining rivojlanishi, pedagogik amaliyotdagi o‘zgarishlar hamda o‘quvchilarning ta’lim natijalarini hisobga olish zarurligi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot yakunida pedagoglarning individual kasbiy ehtiyojlarini inobatga olish, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlarini takomil-lashtirish, mentorlik faoliyatini rivojlantirish va ilmiy monitoring mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: o‘qituvchi mahorati, malaka oshirish, inson kapitali, andragogika, neyropedagogi-ka, uzluksiz kasbiy rivojlanish, ta’lim sifati, davlat siyosati, xalqaro tajriba, kasbiy kompetensiya, ilmiy monitoring, pedagogik faoliyat

PDF yuklab olish