O‘QISH SAVODXONLIGINING PISA VA PIRLS DASTURLARIDAGI TALQINLARI VA NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

  • Shomuratova Sarvinoz — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tayanch doktoranti
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11-soni
Sahifalar
390-400
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24412824

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘qish savodxonligining nazariy-metodologik asoslari hamda uning PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlaridagi mazmuniy talqinlari qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. O‘qish savodxonligini shakllantirishda dekodlash va tilni tushunish komponentlarining o‘zaro aloqasi, vaziyat modelining shakllanishi, o‘quvchi–matn–topshiriq omillarining ahamiyati ilmiy manbalar asosida yoritilgan. PISA dasturida o‘qish savodxonligining real hayotiy vaziyatlarda axborotni izlash, tushunish, baholash va mulohaza yuritish bilan bog‘liq jihatlari, shuningdek, ssenariyga asoslangan baholash mexanizmlari tahlil etilgan. PIRLS dasturida esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholashga xizmat qiluvchi to‘rtta kognitiv jarayon va ikkita o‘qish maqsadi ko‘rib chiqilgan. Har ikki dastur yondashuvlari qiyoslanib, ularning ta’lim jarayonida topshiriqlarni loyihalash, o‘quvchilarning matn bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va baholash metodikasini takomillashtirishdagi ahamiyati asoslangan.

Kalit so‘zlar: o‘qish savodxonligi, PISA, PIRLS, matnni tushunish, kognitiv jarayonlar, vaziyat modeli, dekodlash, ssenariyga asoslangan baholash, o‘quvchi–matn–topshiriq munosabati, tanqidiy fikrlash

PDF yuklab olish