O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLIGIDA BOLALAR ADIBLARI ASARLARINI HAYOT BILAN BOG‘LASH TAMOYILI ASOSIDA O‘RGATISH USULI
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘qish savodxonligi darslarida bolalar adiblari asarlarini o‘quvchilarning kundalik hayoti, shaxsiy tajribasi va real hayotiy vaziyatlari bilan bog‘lash asosida o‘rgatish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotda badiiy asar mazmunini o‘quvchi hayotiy tajribasi bilan uyg‘unlashtirishning o‘qib tushunish, mustaqil fikrlash, mazmunni tahlil qilish, xulosa chiqarish va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mazkur yondashuv orqali o‘quvchilarning bolalar adiblari ijodiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, asar qahramonlarining xatti-harakatlarini hayotiy vaziyatlar bilan taqqoslash, axloqiy va tarbiyaviy mazmunni anglash hamda o‘z munosabatini asoslab berish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, dars jarayonida muammoli savollar, hayotiy vaziyatlarni modellashtirish, suhbat, munozara, rolli o‘yin va ijodiy topshiriqlardan foydalanishning samaradorligi ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: O‘qish savodxonligi, bolalar adabiyoti, badiiy asar, hayot bilan bog‘lash, o‘qib tushunish, metodika, badiiy tafakkur, kompetensiya