NOZOKOMIAL (TIBBIY YORDAM BILAN BOG‘LIQ) INFEKSIYALAR PROFILAKTIKASINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI: ADABIYOTLAR SHARHI

  • Xujayeva Shaxnoz Absamatovna — Alfraganus universiteti “Tibbiyot” kafedrasi dotsenti, PhD
  • Saidazimova Zulhijja Said qizi — Alfraganus universiteti davolash ishi va pediatriya fakulteti 4-bosqich talabasi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(1)-soni
Sahifalar
101-110
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23344856

Annotatsiya

Mazkur maqolada nozokomial, ya’ni tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq in-feksiyalarning global tarqalishi va sog‘liqni saqlash tizimiga ta’siri, antimikrob preparatlarga chidamlilik muammosi hamda ushbu infeksiyalarning oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar narrativ adabiyotlar sharhi asosida tahlil qilin-gan. Xususan, infeksiya profilaktikasining kompleks chora-tadbirlari (bundle strategiyalari), qo‘l gigiyenasi, antimikrob preparatlardan oqilona foydalanish (an-timicrobial stewardship) va sun’iy intellektga asoslangan epidemiologik kuzatuv tizimlarining imkoniyatlari yoritilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tkir tibbiy yordam ko‘rsatuvchi shifoxonalarda har 100 bemordan o‘rtacha 7 nafari yuqori daromadli mamlakatlarda, 15 nafari esa past va o‘rta daromadli mamlakatlarda tibbiy yordam bilan bog‘liq kamida bitta infeksiyani yuqtiradi. Maqolada infeksiyalar profilaktikasini takomillashtirish va ularning tar-qalish xavfini kamaytirish bo‘yicha O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi uchun amaliy tavsiyalar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: nozokomial infeksiya, tibbiy yordam bilan bog‘liq infeksiya, antimikrob rezistent-lik, infeksiya profilaktikasi, kompleks profilaktik chora-tadbirlar, qo‘l gigiyenasi, antimikrob stewardship, epidemiologik kuzatuv, sun’iy intellekt.

PDF yuklab olish