NOORGANIK KIMYODA LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISHDA PINBORD METODINI TAKOMILLASHTIRISH. “ MINERAL O‘G‘ITLARNING NAMUNALARI BILAN TANISHISH” MAVZUSI MISOLIDA
Annotatsiya
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 8-sinf o‘quvchilariga noorganik kimyoda laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda pinbord metodini takomillashtirilgan holda qo‘llash masalalari yoritilgan.
O‘quvchilarning mavzuni chuqur o‘zlashtirishini ta’minlash maqsadida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, jumladan, interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar yaratish, ko‘rgazmali vositalardan foydalanish hamda laboratoriya mashg‘ulotlarni tashkil etishda pinbord metodini qo‘llash yoritilgan. Mineral o‘g‘itlar haqidagi bilimlarni shakllantirish jarayonida azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning tarkibi, xossalari va o‘simliklar hayotidagi o‘rni misollar asosida tushuntiriladi. Bu jarayonda o‘quvchilarning kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar: Noorganik kimyo, pinbord metodi, laboratoriya mashg‘ulot, vizuallashtirish, interfaol metod, mineral o‘g‘itlar, azotli o‘g‘itlar, fosforli o‘g‘itlar, kaliyli o‘g‘itlar.