NEYROPEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNING BILISH JARAYONLARINI FAOLLASHTIRISHDA NEYROGIMNASTIK MASHQLAR VA KINEZIOLOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning kognitiv rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda neyrogimnastik va kinesiologik mashqlarning ahamiyati yoritilgan. Mavzuga oid ilmiy tadqiqotlar va olimlarning qarashlari tahlil qilinib, mashqlarning mazmuni, bajarilish xususiyatlari hamda bolalarning diqqat, xotira, harakat koordinatsiyasi va bilish faoliyatini rivojlantirishdagi metodik imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, neyrogimnastik va kinesiologik mashqlarning amaliy namunalari keltirilib, ularni maktabgacha ta’lim jarayoniga tatbiq etishning pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: maktabgacha katta yoshdagi bolalar, kognitiv rivojlanish, neyropedagogika, neyrogimnastika, kinesiologik mashqlar, diqqat, xotira, harakat koordinatsiyasi