MUSIQA TA’LIMIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTOZLIK VA MENTORLIKKA ASOSLANGAN MODELI

  • Rashidov Sardor Alisher o‘g‘li — Samarqand davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9-soni
Sahifalar
218-226
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22247648

Annotatsiya

Maqolada oliy pedagogik ta’lim tizimida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish muammosi ustozlik (tyutorlik) va mentorlikka asoslangan model orqali yoritiladi. An’anaviy auditoriya mashg‘ulotlari bilan real pedagogik-ijrochilik faoliyat o‘rtasidagi uzilish muammosi tahlil qilinib, uni bartaraf etishga qaratilgan uch bloklik (institutsional-tashkiliy, kasbiy-mazmuniy, shaxsiy-rivojlantiruvchi) va to‘rt bosqichli (adaptatsiya, integratsiya, mustaqillashtirish, ijodiy-innovatsion) model taklif etiladi. Modelning har bir komponenti bo‘yicha baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari taklif etilayotgan modelning talabalarning kasbiy kompetentligi, mustaqil pedagogik faoliyatga tayyorligi va ijrochilik mahoratini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: kasbiy tayyorgarlik, mentorlik, ustozlik (tyutorlik), musiqa ta’limi, bo‘lajak o‘qituvchi, pedagogik model, amaliy tayyorgarlik, baholash mezonlari

PDF yuklab olish