MUQOBILSIZ LEKSIKA TUSHUNCHASINING TILSHUNOSLIKDAGI NAZARIY TALQINLARI

  • Nuriddinova Dildora — magistrant, ingliz tili o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(1)-soni
Sahifalar
389-396
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22848089

Annotatsiya

Ushbu maqolada muqobilsiz leksika tushunchasining zamonaviy tilshunoslik va tarjimashunoslikdagi nazariy talqinlari tahlil qilinadi. Rus tarjimashunoslik maktabi vakillari V.V. Vinogradov, V.N. Komissarov, L.S. Barxudarov hamda G‘arb tilshunoslari E. Nayda, P. Nyumark, J. Ketford, M. Beyker va A. Vejbitskayaning mazkur hodisaga oid qarashlari qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqotda muqobilsiz leksikaning lingvistik, milliy-madaniy va funksional xususiyatlari aniqlanib, uning “realiya”, “lakuna” va “madaniy xos birlik” tushunchalari bilan munosabati yoritiladi. Tahlil natijasida muqobilsizlikni tavsiflash uchun uchta asosiy mezon — nishon tilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri leksik ekvivalentning mavjud emasligi, birlikning milliy-madaniy yoki ijtimoiy xususiyatni ifodalashi hamda uning ma’nosini tavsifiy, izohli yoki funksional vositalar orqali yetkazish imkoniyati — ajratildi. Shuningdek, ikki tilli o‘quv lug‘atlarida muqobilsiz birliklarni berishning bosqichma-bosqich modeli taklif etiladi. Tadqiqot natijalari muqobilsiz leksikani nazariy jihatdan chegaralash va uning ikki tilli pedagogik leksikografiyadagi o‘rnini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: muqobilsiz leksika, ekvivalentsizlik, tarjima nazariyasi, lingvomadaniyat, madaniy realiya, lakuna, ikki tilli leksikografiya, funksional ekvivalentlik

PDF yuklab olish