MILLIY QADRIYATLARNING ETNOPSIXOLOGIK ASOSLARI VA OILAVIY MUNOSABATLARDA NAMOYON BO‘LISH MEXANIZMLARI

  • Turg‘unboyeva Azizaxon G‘ulomovna — Namangan davlat pedagogika instituti “Kreativ pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari 2026-yil 4-son
Nashr sanasi

Annotatsiya

Mazkur maqolada oilaning etnopsixologik tadqiqotlardagi o‘rni hamda milliy qadriyatlarning shakllanishidagi ijtimoiy-psixologik omillari tahlil qilingan. Tadqiqotda oila jamiyatning birlamchi ijtimoiy instituti sifatida talqin qilinib, unda milliy xarakter, etnik ong, urf-odat va an’analarning avloddan-avlodga uzatilish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, globallashuv sharoitida milliy qadriyatlar transformatsiyasi, oilaviy munosabatlarning etnopsixologik xususiyatlari hamda yosh avlod ma’naviy tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar ilmiy jihatdan asoslangan. Maqolada etnopsixologiyaning nazariy-metodologik jihatlari, oilaning kichik ijtimoiy guruh sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari va milliy mentalitetni shakllantirishdagi ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so‘zlar: etnopsixologiya, milliy qadriyatlar, oila, etnik ong, milliy mentalitet, oilaviy munosabatlar, milliy xarakter, qadriyatlar transformatsiyasi, ijtimoiy-psixologik omillar, etnik identifikatsiya, shaxslararo munosabatlar, milliy o‘zlikni anglash

PDF yuklab olish