MIGRATSIYA JARAYONIDA HUQUQBUZARLIK PROFILAKTIKASINI AMALGA OSHIRISHNING GENDER ATRIBUTLARI
Annotatsiya
Maqolada migratsiya jarayonida huquqbuzarlik profilaktikasini amalga oshirishning gender atributlari ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilingan. 374 nafar ichki migrant ishtirokidagi empirik tadqiqotda shaxsiy xavotirlanish va irratsional ustanovkalarning jins omiliga ko‘ra farqlari aniqlangan. Natijalar ayollarda umumiy va baholovchi vaziyatlar bilan bog‘liq xavotirlanish, erkaklarda esa shaxslararo xavotir, katastrofizatsiya va o‘ziga nisbatan qat’iy talablar nisbatan yuqoriroq namoyon bo‘lishini ko‘rsatgan. Aniqlangan gender farqlari huquqbuzarlik profilaktikasida differensial va genderga sezgir yondashuv zarurligini asoslaydi.
Kalit so‘zlar: migratsiya, huquqbuzarlik profilaktikasi, gender atributlari, ichki migrantlar, shaxsiy xavotirlanish, irratsional ustanovkalar, katastrofizatsiya, psixologik risk, genderga sezgir profilaktika