MEXANIKA LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada mexanika laboratoriya mashg‘ulotlarida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari va metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi SI texnologiyalarini laboratoriya mashg‘ulotlariga integratsiya qilishning ilmiy-metodik yondashuvlarini yoritishdan iborat. Tadqiqotda nazariy, qiyosiy tahlil va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijalar SI texnologiyalaridan oqilona foydalanish laboratoriya mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish, talabalarning eksperimental, tahliliy va raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Shuningdek, SI texnologiyalarini an’anaviy o‘qitish metodlari bilan uyg‘unlashtirishning metodik jihatlari asoslandi.
Kalit so‘zlar: fizika ta’limi, mexanika laboratoriya mashg‘ulotlari, sun’iy intellekt, fizika o‘qitish metodikasi, virtual laboratoriya, raqamli texnologiyalar, eksperimental ko‘nikmalar, raqamli kompetensiya, pedagogik texnologiyalar, oliy ta’lim