MAXSUS MAKTABLAR PEDAGOGLARI FAOLIYATINING EMOTSIONAL DETERMINANTLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada maxsus maktab pedagoglari kasbiy faoliyatining emotsional de-terminantlari, ularning pedagogik jarayon, kasbiy munosabatlar va ta’lim samara-dorligiga ta’siri psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Maxsus ta’lim muas-sasalarida faoliyat yurituvchi pedagoglarning kundalik ish jarayonida duch keladi-gan emotsional zo‘riqishlari, o‘quvchilarning individual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish, ota-onalar bilan muloqot qilish hamda pedagogik vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish bilan bog‘liq psixologik omillar yoritiladi. Shuningdek, emotsional sezgirlik, empatiya, hissiy o‘zini boshqarish, emotsional mehnat va kasbiy kuyish tushunchalarining mazmuni ochib beriladi. Ilmiy adabiyotlarni naz-ariy va qiyosiy tahlil qilish asosida pedagogning emotsional barqarorligi faqat indi-vidual psixologik xususiyat emas, balki mehnat sharoiti, kasbiy hamkorlik va ijtimoiy-psixologik muhit bilan chambarchas bog‘liq hodisa ekanligi asoslanadi. Maxsus maktablarda pedagoglarning kasbiy farovonligini ta’minlashda refleksiv faoliyat, psixologik qo‘llab-quvvatlash va hamkasblar bilan samarali hamkor-likning ahamiyati yoritiladi.
Kalit so‘zlar: maxsus maktab, pedagogik faoliyat, emotsional determinantlar, emotsional bar-qarorlik, emotsional regulyatsiya, empatiya, kasbiy kuyish, kasbiy moslashuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash