MAS’ULIYAT MUAMMOSINING NAZARIY TAHLILI

  • Sagindikova Nargiza Jubatkanovna — Qoraqalpoq davlat universiteti professori, psixologiya fanlari doktori (DSc)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11-soni
Sahifalar
49-58
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24073354

Annotatsiya

Mazkur maqolada mas’uliyat fenomenining psixologik mohiyati, uning shaxs tuzilishidagi o‘rni, shakllanish mexanizmlari va rivojlanish xususiyatlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Mas’uliyat muammosiga doir mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari, xususan, J. Piaje, Z. Freyd, E. Erikson, K.A. Abulxanova-Slavskaya, S.L. Rubinshteyn, K. Muzdibayev, A.F. Plaxotniy va boshqa tadqiqotchilarning nazariy yondashuvlari o‘rganilgan. Shuningdek, mas’uliyatning axloqiy, ijtimoiy, individual-psixologik va faoliyatga oid jihatlari ochib berilgan. Maqolada mas’uliyat shaxsning o‘z xatti-harakatlari, qabul qilgan qarorlari va ularning oqibatlarini anglash, o‘zini o‘zi boshqarish hamda ijtimoiy me’yorlarga ongli munosabat bildirish qobiliyatini ifodalovchi integrativ shaxsiy sifat sifatida talqin etilgan. Talabalarda mas’uliyatni shakllantirishda oilaviy tarbiya, ta’lim faoliyati, shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy muhit va kasbiy yo‘nalganlikning ahamiyati asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar: mas’uliyat, shaxs, talabalar psixologiyasi, o‘quv faoliyati, ijtimoiy mas’uliyat, individual xususiyatlar, o‘zini o‘zi boshqarish, axloqiy me’yorlar, motivatsiya, shaxslararo munosabatlar, kasbiy mas’uliyat

PDF yuklab olish