MASOFAVIY VA KUNDUZGI TAʼLIM TALABALARIDA INTELLEKTUAL VA SHAXSLILIK XUSUSIYATLARI OʻRTASIDAGI BOGʻLANISHLAR TUZILMASI

  • Zohidov Samandar — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti izlanuvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(2)-soni
Sahifalar
292-300
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24072742

Annotatsiya

Maqolada masofaviy (n=412) va kunduzgi (n=430) taʼlim shaklida tahsil olayotgan 842 nafar talabada J.Ravenning progressiv matritsalari metodikasi koʻrsatkichlari bilan R.Kettellning 16PF soʻrovnomasi, Katta beshlik soʻrovnomasining qisqartiril-gan shakli va M.Rokichning qadriyat yoʻnalishlari metodikasi koʻrsatkichlari oʻrtasidagi bogʻlanishlar har bir guruhda alohida tahlil qilingan. Ikki guruhda ham intellektual koʻrsatkichlar mantiqiy fikrlash (B) va normativlik (G) omillari bilan ijobiy, xayolparastlik (M) omili bilan manfiy bogʻlangani, Katta beshlik omillari va qadriyatlar esa intellekt bilan amalda bogʻlanmagani aniqlangan. Fisher r-to-z aylantirishi asosida 345 ta juftlikdan 26 tasida guruhlararo farq ahamiyatli boʻlib, ikki juftlikda bogʻlanish yoʻnalishi qarama-qarshi ekani koʻrsatilgan.

Kalit so‘zlar: masofaviy taʼlim, kunduzgi taʼlim, intellekt, shaxslilik xususiyatlari, 16PF, Katta beshlik, korrelyatsion tuzilma, Fisher mezoni

PDF yuklab olish