MASOFAVIY TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL O‘QUV FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHARTLARI
Annotatsiya
Maqolada masofaviy ta’lim sharoitida o‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari, tashkiliy-metodik imkoniyatlari va samaradorlikni ta’minlovchi pedagogik shartlar tahlil qilingan. Masofaviy ta’lim ja-rayonida o‘quvchining o‘z faoliyatini rejalashtirishi, vaqtini to‘g‘ri taqsimlashi, raqamli ta’lim resurslaridan foydalanishi hamda o‘zlashtirish natijalarini baholay olishi muhim omillar sifatida yoritilgan. Mustaqil o‘quv faoliyatining motivatsion-maqsadli, kognitiv-mazmuniy, operatsion-faoliyatli va nazorat-baholash kompo-nentlari tavsiflangan. Ilmiy-pedagogik adabiyotlarni nazariy va qiyosiy tahlil qilish, umumlashtirish, tizimlashtirish hamda pedagogik modellashtirish asosida mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan to‘rt bosqichli model taklif etilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning mustaqilligini rivojlantirishda o‘qituvchining yo‘naltiruvchi faoliyati, muntazam qayta aloqa, individual yondashuv va raqamli kompetentlikni shakllantirishning ahamiyati asoslangan.
Kalit so‘zlar: masofaviy ta’lim, mustaqil o‘quv faoliyati, o‘z-o‘zini boshqarib o‘qish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, raqamli kompetentlik, pedagogik shartlar, qayta aloqa, pedagogik model