MAQOL PAREMIOLOGIK TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA (INGLIZ VA O‘ZBEK MAQOLLARI MISOLIDA)
Annotatsiya
Mazkur maqolada paremiologiyaning tadqiqot obyekti sifatida maqollarning o‘ziga xos xususiyatlari, kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyoti, etimologiyasi va tasnifi ingliz hamda o‘zbek xalq maqollari misolida tahlil qilinadi. Shuningdek, maqollarning xalq og‘zaki ijodidagi o‘rni, struktur-semantik va lingvokulturologik xususiyatlari, badiiy ifoda vositalari hamda xalqning tarixiy tajribasi, milliy qadriyatlari va dun-yoqarashini aks ettirish imkoniyatlari yoritiladi. Ingliz va o‘zbek maqollarini qiyo-siy o‘rganish orqali ularning umumiy va milliy-madaniy jihatlari ochib beriladi. Maqolada paremiologiya sohasidagi ilmiy qarashlar va maqollarni tasniflashga doir yondashuvlar ham ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: maqol, paremiologiya, paremiografiya, ingliz xalq maqollari, o‘zbek xalq maqollari, folklor, qiyosiy tahlil, struktur-semantik xususiyatlar, lingvokulturologiya, maqollar tasnifi