MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA TINGLOVCHILARNING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING MAVJUD HOLATI
Annotatsiya
Mazkur maqolada malaka oshirish tizimida tinglovchilarning huquqiy madaniyatini rivojlantirishning mavjud holati, uning normativ-huquqiy asoslari, nazariy-metodologik xususiyatlari hamda tashkiliy-pedagogik jihatlari tahlil qilinadi. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy ong, qadriyatli munosabat, amaliy kompetensiya va qonuniy xulq-atvorning o‘zaro uyg‘unligi sifatida yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ta’lim va huquqiy madaniyatga oid qonunchilik hujjatlari hamda mavzuga doir ilmiy tadqiqotlar asosida muammoning o‘rganilganlik darajasi aniqlashtiriladi. Tinglovchilarning huquqiy bilimlarini kasbiy faoliyatda qo‘llash, normativ-huquqiy hujjatlarni mustaqil tahlil qilish, huquqiy vaziyatlarda asoslangan qarorlar qabul qilish va kasbiy mas’uliyatni an-glash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Kalit so‘zlar: malaka oshirish, tinglovchi, huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy savodxon-lik, huquqiy kompetentlik, kasbiy rivojlanish, huquqiy ta’lim, qonun ustuvorligi, interfaol metodlar, normativ-huquqiy hujjatlar