MAKTABGACHA YOSHDAGI MOTOR ALALIYALI BOLALARDA NUTQNI KORREKSIYALASHNING KOMPLEKS YONDASHUVLARI

  • Jumabayeva Aziza Umid qizi — O‘zbekiston Milliy universiteti “Pedagogik ta’lim” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11-soni
Sahifalar
348-359
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24412979

Annotatsiya

Mazkur maqolada motor alaliya tashxisi qo‘yilgan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik ishlarning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Motor alaliyaning kelib chiqish mexanizmlari, ushbu nutq buzilishiga ega bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlari hamda nutqiy rivojlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar tahlil qilingan. Shuningdek, bolalarda leksik-grammatik ko‘nikmalarni shakllantirish, eshituv-nutqiy xotira, kommunikativ motivatsiya va noverbal kognitiv funksiyalarni rivojlantirishda kompleks hamda tizimli korreksion ishlarning ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot doirasida korreksion-rivojlantiruvchi ishlarning izchil bos-qichlari, ularning maqsad va vazifalari hamda kutiladigan natijalarini qamrab olgan metodik model taklif etilgan.

Kalit so‘zlar: motor alaliya, maktabgacha yosh, nutq buzilishlarini korreksiyalash, logopediya, nutq mexanizmlari, neyropsixologik yondashuv, kommunikativ vaziyatlar, leksik-grammatik rivojlanish

PDF yuklab olish