MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI O‘YIN FAOLIYATI YORDAMIDA KREATIV FIKRLASHGA O‘RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (TAYYORLOV GURUHI MISOLIDA)

  • Abdusattorova Umida Abdusamad qizi — Guliston davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(1)-soni
Sahifalar
312-323
Nashr sanasi

Annotatsiya

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchi-larida (6–7 yosh) kreativ fikrlashni o‘yin faoliyati vositasida rivojlantirish metodi-kasini takomillashtirish masalasi yoritilgan. Kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan verbal-divergent, konstruktiv, syujetli-rolli va rejissyorlik hamda ijodiy topshiriqlar bilan boyitilgan milliy xalq o‘yinlarini qamrab oluvchi yaxlit metodika ishlab chiqilgan. Shuningdek, ijodiy tashabbusni tarbiyachidan bolaga bosqichma-bosqich o‘tkazish modeli taklif etilgan. Tajriba-sinov ishlarida 50 nafar bola ishtirok etgan bo‘lib, ulardan 25 nafari tajriba guruhiga, 25 nafari nazorat guruhiga biriktirilgan. Diagnostika jarayonida E.P. Torrens figurali testining mos-lashtirilgan varianti, «Predmetdan noodatiy foydalanish» topshirig‘i va o‘yin faoli-yatini kuzatish xaritasidan foydalanilgan.

Kalit so‘zlar: kreativ fikrlash, divergent tafakkur, o‘yin faoliyati, maktabgacha ta’lim, tayyorlov guruhi, originallik, ravonlik, moslashuvchanlik, ijodiy tashabbus, «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi, TRIZ, milliy xalq o‘yinlari

PDF yuklab olish