MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJODIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNI O‘ZIGA XOS EMPIRIK TADQIQ ETISH NATIJALARI

  • Oripova Munisa Shamsiddinovna — Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11-soni
Sahifalar
370-378
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24297782

Annotatsiya

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish-ning psixologik-pedagogik xususiyatlari hamda ushbu jarayonni empirik o‘rganish masalalari yoritilgan. Ijodiy tafakkurning rivojlanishida bolaning mustaqil fikrlashi, tasavvuri, noodatiy yechimlarni topish qobiliyati va muammoli vaziyatlarga ijodiy yondashuvining ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot doirasida ijodiy tafakkurni baholashning ravonlik, moslashuvchanlik, o‘ziga xoslik va fikrlarni rivojlantirish kabi mezonlariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarn-ing ijodiy imkoniyatlarini aniqlashda kuzatish, diagnostik topshiriqlar, suhbat va ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik shart-sharoitlar hamda ta’limiy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqo-la empirik tadqiqotni tashkil etish va natijalarini ilmiy tahlil qilishga mo‘ljallangan metodik asoslarni o‘z ichiga oladi.

Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, ijodiy tafakkur, ijodkorlik, kreativ fikrlash, tafakkur rivojlani-shi, tasavvur, mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat, muammoli vaziyat, pedagogik diag-nostika

PDF yuklab olish