MAKTABGACHA TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASPEKTLARI

  • Mutaliyev Azizbek Kozimjonovich — Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha prorektori, mustaqil tadqiqotchi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 10(1)-soni
Sahifalar
239-249
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23532484

Annotatsiya

Maqolada maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni tashkil etishning peda-gogik va psixologik jihatlari xalqaro, Markaziy Osiyo hamda O‘zbekiston tadqiqot-lari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga mazmunli jalb etilishini ta’minlovchi omillarni tizimlashtirish va ularni yagona konseptual model asosida umumlashtirishdan iborat. Tadqiqot integrativ sharh metodologiyasiga asoslanib, L.S. Vygotskiyning madaniy-tarixiy yondashuvi, U. Bronfenbrennerning ekologik tizimlar nazariyasi hamda A. Banduraning o‘z-o‘zini samarali his etish konsepsiyasiga tayanadi. Tahlil natijalari inklyuziv ta’lim samaradorligi bolaning ta’lim muassasasida jismonan mavjudligi bilangina belgilanmasligini, balki tarbiya-chining kasbiy kompetentligi, individual yondashuv, o‘yin va kundalik faoliyatga asoslangan ta’lim, tengdoshlar bilan ijtimoiy-emotsional munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash, oila bilan hamkorlik hamda muassasaning inklyuziv madaniyatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Tadqiqot asosida pedagogik va psixologik omillarni o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi to‘rt darajali konseptual model taklif etiladi. Shuningdek, tarbiyachilar malakasini oshirish, individual rivojlanish rejalarini joriy etish, ko‘p mutaxassisli hamkorlikni kuchaytirish va inklyuziv muhitni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, maktabgacha ta’lim, alohida ta’lim ehtiyojlari, tarbiyachi kompe-tentligi, ijtimoiy-emotsional rivojlanish, individual yondashuv, oila bilan hamkor-lik, inklyuziv madaniyat, O‘zbekiston

PDF yuklab olish