MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLA RIVOJLANISHI VA TA’LIM SIFATINI BAHOLASHNING INTEGRATIV MODELI

  • Kambarova D.S. — University of economics and pedagogy “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi dotsenti v.b.
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9-soni
Sahifalar
121-130
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.22246854

Annotatsiya

Maqolada maktabgacha ta’limda baholashning ikki yo‘nalishi — bola rivojlanishini baholash va ta’lim tashkiloti faoliyati sifatini baholash — yaxlit tizim sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot qiyosiy hujjat tahlili metodologiyasiga asoslangan bo‘lib, natijada baholashning to‘rt darajali arxitekturasi asoslandi, milliy va xalqaro yondashuvlarning baholash funksiyalari hamda sifat o‘lchovlari bo‘yicha qiyosiy profili aniqlandi. Tahlil milliy normativ bazada strukturaviy va summativ komponentlarning ustunligini, protsessual sifatni o‘lchash vositalarining yetishmasligini ko‘rsatdi. Shu asosda bola rivojlanishi va ta’lim sifatini bog‘lovchi olti bosqichli integrativ baholash sikli taklif etildi.

Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, pedagogik baholash, formativ baholash, ta’lim sifati, protsessual sifat, davlat standarti, monitoring, kuzatuv

PDF yuklab olish