MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR: RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI VA USTUVOR YO‘NALISHLAR

  • Nagmetova Aziza Anvarovna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11(1)-soni
Sahifalar
309-315
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24298622

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilingan. Xususan, bo-lalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini kengaytirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik ba-zasini mustahkamlash va pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish masala-lariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish, inklyuziv ta’lim imkoni-yatlarini kengaytirish, oila va ta’lim tashkiloti hamkorligini mustahkamlash hamda bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashning ahamiyati yoritilgan. Tahlillar aso-sida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, ta’lim islohotlari, pedagogika, zamonaviy texnologiyalar, davlat-xususiy sheriklik, ta’lim sifati, innovatsion yondashuv, bolalar tarbiyasi, maktabga tayyorgarlik, pedagog kadrlar, inklyuziv ta’lim

PDF yuklab olish