MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI RAHBARLARINI TAYYORLASH JARAYONIDA BOSHQARUV KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarini tayyorlash jarayon-ida boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik va normativ-huquqiy asoslari tahlil qilingan. Rahbarlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda kompetensiyaviy, tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan va an-dragogik yondashuvlarning ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, strategik-tashkiliy, pedagogik-metodik, kommunikativ-ijtimoiy hamda liderlik kompe-tensiyalarini shakllantirish bosqichlari yoritilgan. Maktabgacha ta’limni xalqaro miqyosda tasniflashda ISCED tizimining o‘rni ko‘rib chiqilib, milliy ta’lim tizimida xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlari asoslangan.
Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, boshqaruv ko‘nikmalari, rahbar kadrlar, kasbiy kompetensiya, pedagogik yondashuv, liderlik, malaka oshirish, ISCED xalqaro tasnifi