MAKTAB TA’LIMIDA AR VA VR KONTENTLARINI EKOLOGIK TA’LIM MAZMUNIGA INTEGRATSIYALASHNING PEDAGOGIK-METODIK ASOSLARI

  • Maxmudov Abdiqodir Yusupovich — Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(2)-soni
Sahifalar
183-189
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23114761

Annotatsiya

Maqolada maktab ta’limida ekologik mazmunni kengaytirilgan reallik (AR) va virtual reallik (VR) kontentlari vositasida boyitishning didaktik asoslari tahlil qilingan. AR va VR kontentlarining didaktik salohiyati beshta o‘zaro bog‘liq komponent — motivatsion, vizualizatsion, interaktiv, integrativ va refleksiv komponentlar orqali tavsiflangan. “Yashil o‘quv dasturi”ni amalga oshirishga xizmat qiluvchi, maqsadli, mazmuniy, texnologik va natijaviy komponentlardan iborat pedagogik model hamda biologiya, geografiya, kimyo, fizika va informatika fanlarini ekologik muammolar asosida integratsiyalashga qaratilgan “Raqamli ekologiya” fanlararo o‘quv moduli ishlab chiqilgan. Natijalar xalqaro tizimli tahlillar bilan qiyoslangan holda muhokama qilingan.

Kalit so‘zlar: kengaytirilgan reallik, virtual reallik, ekologik ta’lim, “Yashil o‘quv dasturi”, pedagogik model, “Raqamli ekologiya” moduli, immersiv texnologiyalar, barqaror rivojlanish kompetensiyasi

PDF yuklab olish