MAKTAB TA’LIMI TASHKILOTLARI RAHBARLARIDA BOSHQARUV KOMPETENSIYASI TUSHUNCHASINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MOHIYATI VA TUZILISHI

  • Turaxonov Abdukarim Eshkuziyevich — Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 9(2)-soni
Sahifalar
28-35
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.23151941

Annotatsiya

Ushbu maqolada maktab ta’limi tashkilotlari rahbarlarida boshqaruv kompetensiyasi tushunchasining ijtimoiy-psixologik mohiyati va tarkibiy tuzilishi nazariy jihatdan tahlil qilinadi. “Kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalarining mazmuniy farqlari ochib berilib, xorijiy hamda mahalliy ilmiy adabiyotlarda mavjud yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinadi. Boshqaruv kompetensiyasining rahbar faoliyatidagi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, uning kasbiy faoliyat samaradorligi bilan bog‘liqligi yoritiladi. Nazariy tahlil natijasida boshqaruv kompetensiyasining kognitiv-bilim, motivatsion-qadriyat, emotsional-irodaviy, kommunikativ-interaktiv, operatsional-faoliyat va refleksiv komponentlardan iborat olti komponentli modeli taklif etiladi. Mazkur model maktab rahbarlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ularning boshqaruv kompetensiyasini diagnostika qilish metodikalarini ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Kalit so‘zlar: boshqaruv kompetensiyasi, kompetentlik, ijtimoiy-psixologik mohiyat, maktab rahbari, boshqaruv kompetensiyasi tuzilishi, boshqaruv psixologiyasi, kasbiy-shaxsiy sifatlar, ta’lim menejmenti

PDF yuklab olish