MAKTAB O‘QITUVCHILARINING MALAKA OSHIRGANDAN KEYINGI FAOLIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASHNING TASHKILIY-PEDAGOGIK MEXANIZMI
Annotatsiya
Mazkur maqolada pedagog xodimlarni malaka oshirgandan keyingi faoliyatini pedagogik qo‘llab-quvvatlash muammosi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etilgan Kasbiy rivojlanish kuni (KRK) va Kasbiy rivojlanish soati (KRS) tadbirlari misolida tahlil qilinadi. Shuningdek, uch strategik yo‘nalish (tashkiliy, mazmuniy-metodik va monitoring) hamda besh bosqichli yopiq sikldan iborat integral tashkiliy-pedagogik mexanizm – PDCA siklining va Yaponiya Kaizen falsafasining mahalliy sharoitga moslashtirilgan birikmasi ishlab chiqilib, uning uchta asosiy afzalligi va amaliyotga joriy etishning besh sharti ilmiy jihatdan asoslangan.
Kalit so‘zlar: malaka oshirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish, kursdan keyingi qo‘llab-quvvatlash, Kasbiy rivojlanish kuni, Kasbiy rivojlanish soati, integral mexanizm, besh bosqichli yopiq sikl, kontent zanjiri, refleksiv amaliyot, ko‘p darajali monitoring, pedagog sub’ektligi, dalillarga asoslangan boshqaruv