MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGINING AUTIZM SPEKTRIDAGI BOLALARNI TA’LIM FAOLIYATIGA MOSLASHTIRISH ISHLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada autizm spektridagi bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muhitiga va ta’lim faoliyatiga moslashtirishda maktab amaliyotchi psixologining o‘rni, vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlari yoritilgan. Autizm spektridagi bolalarning kommunikativ, ijtimoiy, hissiy va xulq-atvor xususiyatlari hamda ushbu xususiyatlarning ta’lim jarayoniga ta’siri tahlil qilingan. Inklyuziv ta’lim sharoitida bolaning individual ehtiyojlarini aniqlash, psixologik kuzatuv va baholashni amalga oshirish, korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni tashkil etish, kommunikativ va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, ota-onalar va pedagoglar bilan hamkorlik qilishning ahamiyati asoslangan. Ta’lim muhitini bolaning individual imkoniyatlariga moslashtirish, vizual qo‘llab-quvvatlash vositalaridan foydalanish, faoliyatni aniq va izchil tashkil etish hamda moslashuv dinamikasini muntazam monitoring qilish samarali psixologik yordamning muhim shartlari sifatida ko‘rsatilgan. Maqolada maktab amaliyotchi psixologining autizm spektridagi bolalarni ta’lim faoliyatiga moslashtirish bo‘yicha amaliy faoliyat yo‘nalishlari taklif etilgan.
Kalit so‘zlar: autizm spektri, maktab amaliyotchi psixologi, ta’limga moslashuv, inklyuziv ta’lim, kommunikativ ko‘nikmalar, ijtimoiy moslashuv, psixologik yordam, korreksion-rivojlantiruvchi ishlar, individual yondashuv