MADANIYAT MUASSASALARINI BOSHQARISHDA TA’LIM LOYIHALARINI QO‘LLASHNING DIDAKTIK-PEDAGOGIK ASOSLARI

  • Ergasheva Saida Avazovna — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Madaniyat va san’at menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jurnal
«Fan va ta'lim yangiliklari» ilmiy-amaliy jurnali
Son
Fan va ta'lim yangiliklari" jurnali 2026-yil 11-soni
Sahifalar
248-257
Nashr sanasi
DOI
https://doi.org/10.5281/zenodo.24125181

Annotatsiya

Ushbu maqolada madaniyat muassasalarini boshqarish jarayonida ta’lim loyihalaridan foydalanishning didaktik-pedagogik asoslari, ularning ta’limiy, tarbiyaviy va tashkiliy imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Madaniyat muassasalarining ijtimoiy institut sifatidagi vazifalari, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish hamda targ‘ib etishdagi o‘rni yoritil-gan. Shuningdek, ta’lim loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda didaktik tizimning asosiy tarkibiy qismlari, jumladan, ta’lim maqsadi, mazmuni, pedagog faoliyati, ta’lim oluvchilar, pedagogik jarayon va tashkiliy shakllarning o‘zaro aloqadorligi ochib berilgan. Madaniy-ma’rifiy loyihalarni tashkil etish orqali tala-balarning ijtimoiy faolligi, ijodiy tafakkuri, boshqaruv kompetensiyasi va qadri-yatlar tizimini rivojlantirish imkoniyatlari asoslangan. Tadqiqot natijalari madani-yat muassasalarini boshqarishda loyiha yondashuvini qo‘llash ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, innovatsion boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish va madaniy-ma’rifiy faoliyatni takomillashtirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: madaniyat muassasalari, ta’lim loyihalari, didaktik-pedagogik asoslar, madaniyat menejmenti, loyiha yondashuvi, qadriyatlar, ijtimoiylashuv, ijtimoiy tajriba, pedagogik jarayon, boshqaruv kompetensiyasi, innovatsion ta’lim, madaniy-ma’rifiy faoliyat

PDF yuklab olish